Huawei “sapfir” smartfonni Apple dan oldin taqdim etdi

Huawei “sapfir” smartfonni Apple dan oldin taqdim etdi

“Huawei” kompaniyasi o`z smartfonining taqdimotini “Apple” dan oldin o`tkazdi, chunki Huawei birinchi bo`lib ekrani sapfir oyna bilan himoyalangan smartfonni taqdim etdi. Yangi modelning – Ascend P7 Sapphire Edition – sotuvi yaqinda Xitoyda boshlanadi. Shuningdek, ushbu smartfon LTE ni qo`llab-quvvatlaydi.

Nomi bo`yicha yangilik cheklangan nushalarda chiqadi va faqatgina 4G-tarmoqli operatorlarga ulanishi kutilmoqda. Hozircha Xitoydan tashqari boshqa mamlakatlarda uni sotib olish imkoniyati yo`q. Ascend P7 ning xususiyatlari va uning bahosi xozircha noaniq.

Huawei “sapfir” smartfonni taqdim etishi bilan juda shoshilgan edi, chunki yaqin kunlarda Apple yangi iPhone larni taqdim etishi mumkin. Ushbu taqdimot 9-sentyabr kuni bo`lib o`tadi.

Apple dan smartfonning ikki modellari kutilmoqda va ular birinchi sapfir oyna bilan himoyalangani kutilmoqda – u juda yupka va chidamli, hamda 100% tiniq material. Shuningdek, A8 protsessor, 13-megapikselli kamera, NFC-chip va 1800 mA*ch xajmdagi akkumulyator bo`lishi kutilmoqda.

Sintetik sapfir oyna haqiqatdan ham Gorilla Glass dan ko`ra 3-4 baravar ishonchliroqdir. Bundan tashqari material tiniq, qattiq (faqatgina 2030 Tsel`siya xaroratida erishi mumkin) va yana boshqa har xil qimyoviy moddalarni o`tkazmaydi. Sapfir oyna xozircha faqatgina iPhone kamerasining ob`ektiv va Touch ID sensorni (“Uyga” qaytish tugmasi) himoyasi uchun ishlatiladi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    HUAWAE baribir Applega yetomidikuu

  2. joja

    xa xa xa bu APLE – huaweiGa etomidi smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social