Huawei yurak urish sensoriga ega naushnikni taqdim etdi

Huawei yurak urish sensoriga ega naushnikni taqdim etdi

Huawei “Honor – Clear Headphones” brendi ostida yangi simli naushniklarni taqdim etdi. Ular dunyodagi birinchi real vaqtda yurak urishini aniqlaydigan sensorlar bilan jihozlangan.

O’ng tarafdagi naushnikda optik yurak urish sensori o’rnatilgan. Bu foydalanuvchining stress darajasini bilishiga imkon beradi. Qurilma kundalik tartibni va kayfiyatni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar beradi.

Sensor Huawei va Honor smartfonlari hamda Huawei Health ilovasi o’rnatilgan telefonlar bilan ishlaydi.

 

Clear Headphones yumshoq materiallardan tayyorlanadi, ular kun bo’yi qulay bo’lish imkonini beradi. Moslama uch xil o’lchamdagi qoplamalarga ega. Qurilma musiqa va ovozni uzoqdan boshqarilishi bilan jihozlangan.

Naushniklar Xitoyda 7-iyun kuni sotuvga chiqarildi, ularning narxi 20 AQSH dollar bo’lishi kutilgan. Ular faqat oq rangda mavjud bo’ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social