Ideal selfi uchun -“bilaguzuk-dron” (+video)

Ideal selfi uchun -“bilaguzuk-dron” (+video)

“Intel” texnologiyalar tanlovi ishtirokchisining yangi kontsepti – qo`l ishlatmasdan “selfi” olish uchun “bilaguzuk-dron” ni yaratdi.

Selfi suratlar olingan vaqtda qo`llaringiz bo`sh bo`lishini xohlaysizmi? Unday bo`lsa “Nixie” moslamasi aynan siz uchun yaratilgan. Ishlab chiqaruvchilar “Intel” o`tkazgan “Make It Wearable” tanlovida kamera o`rnatilgan bilaguzuk-dronni taqdim etdilar.

“Nixie” nomli gadjet – bu mini dron o`rnatilgan kamera va oddiy vaqtda uni bilaguzuk sifatida taqib yurish mumkin. Moslama maxsus egiluvchan xom-ashyodan qilingan.

Moslamani harakatlanishi va sizni rasmga olishi uchun bilaguzukni uchirish lozim, buning uchun siz shunchaki qo`lingizni ko`tarsangiz bas. Uchish vaqtida Nixie bir necha marotaba suratga oladi va keyin esa o`zingizga qaytib keladi.

Ishlab chikaruvchilarning so`zlariga qaraganda, ularning ixtirosi suratga olishni yaxshi ko`radiganlar va ularda selfi qilish imkoniyati bo`lmaganlarga juda mos keladi. Moslamaning qanday harakatlanishini quyidagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social