Insta360 Nano panorama video olish imkoniyatini beradi

Insta360 Nano panorama video olish imkoniyatini beradi

Panorama video olish bugungi kunda juda mashhur bo’lmoqda, ammo ularni videoga olish uchun maxsus moslamalar kerak.

Shu maqsadda iPhone uchun “Insta360 Nano” moslamasi yaratildi. Insta360 Nano ikkita kameraga ega bo’lib, har biri 210 gradus ko’rinishga ega.

7

Video olish vaqtida gadjet avtomatik tarzda ikkita kameradan suratlarni bitta panorama videoga birlashtiradi. Moslama bilan ishlash uchun App Store dan maxsus ilovani o’rnatish kerak. Bundan tashqari, u panorama rasm va video bilan bo’lishishga imkoniyat beradi, hamda 360 gradusli jonli efir olib berishi ham mumkin.

Insta360 Nano kamerasi iPhone ranglarga o’xshash ranglarda ishlab chiqariladi. Moslamaning narxi – 199 AQSH dollarini tashkil etadi.

Manba: lifehacker.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social