iPad mini taqdimoti bo`lib o`tdi!

Apple kompaniyasi 23 oktyabr` kuni San-Xoseda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida mashhur iPad planshetining kichiklashtirilgan varianti – iPad mini taqdimotini o`tkazdi.

Yangi qurilmaning ekrani diagonali 7,9 dyuymga teng bo`lib (iPad diagonali 9,7 dyuymga teng), tomonlari nisbati 4:3ga teng.

Yangi planshet ikki xil – oq va qora ranglarda sotuvga chiqariladi. Uning AQShdagi narxi – qurilmaning eng arzon versiyasi uchun 329 dollar (16 Gb xotira, faqat Wi-fi) va eng qimmat versiyasi 659 dollar (64 Gb xotira, mobil aloqa)ga baholangan.

1 

iPad mini displeyining ajrata olishi 1024×768 piksel` bo`lib, iPad’niki bilan bir xil. Shuning uchun ham ilova-dasturlar har ikkala qurilmada bir xilda ko`rinadi.

Pad mini ikki yadroli A5 protsessori (u hozirgi iPod Touch’ning hozirgi versiyasiga o`rnatilgan), FaceTime old-kamerasi va 5 megapikselli iSight asosiy kamerasi bilan ta`minlangan.

Yangi planshetning qalinligi 7,2 millimetr va og`irligi 308 grammga teng (ma`lumot o`rnida, uchinchi avlod iPad’ining eni 9,4 millimetr va og`irligi 652 gramm). Apple vakillarining ma`lum qilishlaricha, qurilma batareyalarining bitta to`ldirilishi 10 soatgacha etadi.

2 

Matbuot anjumanida ta`kidlanishicha, 2010 yilda iPad plansheti bozorga chiqarilganidan beri Apple 100 milliondan ortiq shunday qurilmalarni sotishga muvaffaq bo`lgan.

Matbuot anjumanida, shuningdek, Apple ishlash tezligini ikki barobar oshiradigan A6X protsessori bilan ta`minlangan to`rtinchi avlod iPad plansheti, yangi MacBook Pro, Mac mini va iMac komp`yuterlari taqdimotini ham o`tkazdi.

iPad mini uchun oldindan buyurtma berishlar (boshlanishiga faqat Wi-fi versiyasi uchun buyurtmalar qabul qilinadi) 26 oktyabrdan boshlanadi, 2 noyabrdan esa qurilmalarni etkazib berish boshlanadi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    baribir stive jobs yoqligi bilinyapti!

  2. jasur

    lekin planshetga gap yoq,kurinishdan yomonmas

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social