LogitechK480 – klaviatura

LogitechK480 – klaviatura

Logitech K480 klaviaturasi bir vaqtning o`zida PK, planshet va smartfonlarni boshqarishga imkoniyat beradi.

PK jihozlarini ishlab chiqaruvchi Logitech yangi Bluetooth K480 klaviaturasini taqdim etdi. Ushbu yangilik bir necha turli xil moslamalar bilan ishlagan vaqtida tez almashib ishlashi mumkin.

Gadjet Windows, Mac, Android, iOS yoki Chrome OS operatsion tizimdagi bo`lgan moslamalarga matnlarni kirita oladi. Sinxronlangan moslamalar orasida ishni bir moslamadan boshqa moslamaga almashinishi maxsus dumaloq tugma orqali bajariladi.

Klaviaturaga maxsus taglik o`rnatilgan bo`lib, u planshet va smartfonni qulay joylashtirishga imkoniyat beradi. Ushbu klaviatura bu oyda AQSh va Evropada sotuvga chiqadi. Yangilikning narhi 50 AQSh dollar etib belgilangan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social