Maslahat beruvchi “aqlli” ko`zgu

Maslahat beruvchi “aqlli” ko`zgu

Panasonic “Opog`oy” ertagidagi sehrni real hayotga olib chiqadigan yangilikni o`ylab topdi.Ushbu yangilik ko`zgu bo`lib, u foydalanuvchiga tashqi ko`rinishi haqida maslahatlar beradi.

Yangi “sehrli” Panasonic ko`zgusi “aqlli” moslamalar, soatlar, bilaguzuklar, uzuklar qatorini to`ldirdi. Biroq ushbu yangilik bahsli bo`lishi mumkin: chunki ko`zgu foydalanuvchini tanqid qilishi ham mumkin, bu esa dushanba ertalab yoki yaxshigina dam olishdan keyin hammaga ham yoqmasligi mumkin.

Gadjet quyidagicha ishlaydi: maxsus texnologiya yuzni va shaklni aniqlaydi va hamma kamchiliklarni belgilaydi: ajinlardan boshlab ter quruqligigacha. Elektron maslahatchi yordamida rahmsiz ko`zgu ko`rsatilgan inson haqida o`zining fikrini bildiradi va qanday qilib kamchiliklarni to`g`irlash haqida maslahat beradi. Dieta, sport bilan shug`ulanish yoki kosmetologik tamoillarni taklif qiladi.

Bundan tashqari, aqlli ko`zgu soch va makiyaj bilan tajriba o`tkazishga imkoniyat beradi ya`ni komp`yuter dasturlarga o`xshab, u qarayotgan insonda virtual qiyofani ishlatishi mumkin. Panasonic o`zgarishlarni yaxshi ko`rganlar va o`zining ustidan ishlamoqchi bo`lgan insonlar uchun yaxshigina ish bajardi.

*Manba

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gulli

    Ajoyib bazida kerak boʻladi ajoyib ixtirolar chiqayapti zoʻoʻoʻoʻoʻoʻr

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social