Microsoft 25 dollarli telefonni taqdim etdi

Microsoft 25 dollarli telefonni taqdim etdi

Microsoft kompaniyasi 25 dollarli (19 evro) Nokia 130 telefonini taqdim etdi. Ushbu telefon asosan Osiyo va Afrika bozoriga mo`ljallangan bo`ladi.

Kompaniya ushbu moslamani «yangi foydalanuvchilar uchun mukammal telefon yoki o`ziga yaxshi va ishonchli zaxira telefon qidirgan insonlar uchun, hamda ushbu telefon smartfonlarga yaxshi ko`shimcha bo`lishi mumkin».

Nokia 130 akkumulyatorining bir zaryadida (1020 mA*ch) musika eshitish vaqtida 46 soat ishlashi yoki 16 soat video ko`rish rejimida ishlashi mumkin. Yangilik 1,8 dyuymli QQVGA displeyga, fonarik, FM-radio va USB-zaryadkaga ega. Afsuski Nokia 130 internetga ulana olmaydi. Fayllar bilan almashtirsh uchun microSD-kartani, Bluetooth-ilova SLAM yoki USB larni ishlatsa bo`ladi.

Moslama mazkur yilning uchinchi choragida Xitoy, Misr, Hindiston, Indoneziya, Keniya, Nigeriya, Pokiston, Filippin va V`etnam bozorlarida chiqishi kutilmoqda.

Video:

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ёдгор

    видео қуриш учун экран кичкина эмасми?

  2. Nodir

    25 dollor bo’gandan keyin, kichkina ekran bo’lvuradide

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social