Microsoft Android va iOS uchun Edge brauzerini e’lon qildi

Microsoft Android va iOS uchun Edge brauzerini e’lon qildi

Kutilmaganda Microsoft Android va iOS uchun Edge brauzerni e’lon qildi. Dastur ayniqsa, Windows 10 kompyuterlarda Edge dan foydalanadiganlar uchun foydalidir. Bunday holatda siz ko’plab imtiyozlarga ega bo’lasiz. Misol uchun, siz brauzerni kompyuteringizdan foydalanishni boshlashingiz va mobil qurilmangizdagi huddi shu joydan yoki aksincha davom ettirishingiz mumkin.

Bundan tashqari, barcha platformalarda Microsoft Edge sevimli saytlar, tarix va o’qish uchun mo’ljallangan umumiy katalogga ega. Mobil versiyaning foydalanuvchi interfeysi Windows 10 da taqdim etilganlarga to’liq mos keladi. Biroq, dastur juda foydali bo’lgan ochiq oynalarni sinxronlashtirmaydi. Bundan tashqari, Microsoft Edge ning mobil versiyasi virtual yordamchi Cortana-ni qo’llab-quvvatlamaydi va hozircha planshetlarda ishlamaydi.

909898998

iOS va Android uchun Microsoft Edge da reklamalarga to’siq o’rnatish vosita yo’q. Shuningdek, Bing, Google va Yahoo qidiruv vositalari mavjud.

Endilikda iOS va Android uchun Microsoft Edge beta bosqichida, shuning uchun kompaniya ilovaga yangi xususiyatlar qo’shishi yoki ilovani butunlay boshqacha qilishi mumkin.

Manba: 4pda

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social