Microsoft dan yangi “Office 2013”

Microsoft dan yangi “Office 2013”

Microsoft kompaniyasi yangi MS Office-2013 paketini taqdim etdi. Paketdagi dasturlar faqat Windows 8 Release Preview va Windows7 operatsion tizimlarida (OT) ishlaydi.

Boshida Office nomi bilan bir nechta kelishmovchilik kelib chiqqan. Press-relizda Microsoft paketi “the new Office” – oddiygini“yangi ofis” nomi bilan nomlangan edi. Shu bilan birga ko`pchilik ommaviy axborot vositalari uni “Office 2013” deb aytishgan, bazi bir joylarda esa “Office 15” nomini ham uchratasiz.

Yangi Office ni faqat Windows 7 i Windows 8 Release Preview OT o`rnatilgan kompyuterlarga o`rnatsa bo`ladi. XP, Vista va ikkita dastlabki “Windows 8” versiyalari – Developer Preview va Consumer Preview OT larga o`rnatilmaydi. Office 2013 bilash ishlash uchun qattiq diskda 3,5 gigabayt bo`sh joy bo`lishi, protsessor bir gigagerts taktli chastotasi va undan yuqori, DirectX10 – birlashgan videokarta bilan, ekran o`lchami     1024:576 nuqtalarga va yuqori, hamda bittali (32 – razryadli versiya bilan), yoki ikki gigabaytli operativ xotiraga ega bo`lishi kerak. Microsoft saytidan bepul yuklanadigan dastlabki versiyasida matn redaktori Word, jadvalli redaktor Excel, ma`lumotlar ombori bilan ishlaydigan Access, prezentatsiya redaktori PowerPoint, elektron pochta dasturi Outlook, nashriyotli tizim Publisher va bloknot OneNote kiradi. Keyinchalik esa, paketdagi Metro tarkibiga ikkita qo`shimcha qo`shiladi – OneNote va korporativ messendjer Lync.

Office 2013 bilan shaxsiy kompyuter, noutbuklar, gibridlar va planshet foydalanuvchilari ishlashi mumkin bo`ladi. Sensorli displeylar uchun maxsus Touch Mode rejim mavjud: u ishlayyotgan vaqtda ekrandagi elemmentlarning orasidagi masofa kattalashadi va foydalanuvchining elementlarni tanlashda adashib qolishi imkoniyatlari kamayadi.

Office 2013 funktsiyalar yig`imi oldingi versiyalaridek qoladi – faqat PDF fayllarni redaktor qilish uchun asboblar paydo bo`ladi va veb sahifalardan maqolalarni nusxalab olish imkoniyatlari ham mavjud. Asosiy o`zgarishlar interfeysga tegishli.

Microsoft paketning narxi 2012 yil ko`zida aytiladi.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    office 2010 farqi bulmaydi menimcha

  2. umid

    xp va vista endi dam olishadi shekili )))

  3. obid

    lekin shu office 2013 planshetda xam ishlayatgani xam zor qilishdi!

  4. Номаълум

    qanday bular ekan? lekin 2010 menga juda yoqdi!

  5. 777

    qanday bularkan?2010 dam yaxshiroq buladi

  6. нилюфар

    2013 yilga utmastan uje office 2013 uylab topishdiyu qoyil!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social