Microsoft to’satdan yangi Nokia telefonni taqdim etdi

Microsoft to’satdan yangi Nokia telefonni taqdim etdi

Microsoft kompaniyasi Nokia telefon biznesini Xitoyning “Foxconn” kompaniyasiga sotmoqda, ammo undan oldin yana bir klassik mobil telefonni chiqarishga qaror qildi.

Microsoft hozirgacha ham Nokia brendi ostida telefonlarni ishlab chiqarmoqda va hattoki yangi telefonni taqdim qilishga ulgurdi. Nokia 216 – eng oddiy mobil telefon, u 2,4 QVGA-displeydan va ikkita 0,3-megapikselli kameradan iborat. Programma platformasida Series 30 ishlatilgan.

Ilgari Microsoft Nokia bo’limini Xitoyning Foxconn kompaniyasiga sotishi haqida xabar bergan edi. Shunday ekan, Nokia 216 telefon Microsoftning ishlab chiqargan ohirgi telefon bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya Lumia smartfonlar ishlab chiqarishini ham to’xtatmoqchi va ushbu brenddan voz kechmoqchi.

Biroq Microsoft smartfonlar bozorida bo’lishidan bosh tortmagan. Keying yilda kompaniya Surface brendi ostida o’zining aqlli moslamalarini taqdim qilmoqchi. Oldingi smartfonlar Windows Phone operatsion tizim ostida ishlashadi, ammo bunga qaramasdan ushbu tizim iOs va Android uchun raqib bo’la olmagan.

Manba: lifehacker.ru

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Lochin

    Smatfonlar vaqtida, bunday telefonni kim olarkan endi?!

  2. Akromxo'ja

    Eng zo’r telefon

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social