O`zbekistonda Samsung Galaxy S III namoishi

O`zbekistonda Samsung Galaxy S III namoishi

SamsungElectronics kompaniyasi O`zbekistonda uchinchi avlod Galaxy S III smartfoni sotuvga chiqishi xaqida xabar berdi. Kompaniya yangi Galaxy S III smartfoni namoishini International (oldingi InterContinental) mehmonxonasida o`tkazdi.

Seung Ku Kim Markaziy Osiyo buyicha Samsung Electronics direktori aytishicha, Galaxy S III smartfoni butun dunyoda mashhur bo`lishga ulgurgan. Galaxy S III smartfonlarini O`zbekiston bozorlarida sotib olish mumkin. Yaqinda «Bilay» va Ucell uyali aloqa operatorlari Galaxy S III smartfonlarini o`zlarining bonus paketlari bilan sotishni boshlashadi.

Samsung Galaxy S III asosiy tavsiflari:

1

– Operatsion tizimi Android 4.0 Ice Cream Sandwich;

– Tarmoqlar GSM/GPRS/EDGE (850 / 900 / 1800 / 1900 MGts), HSPA+ (850 / 900 / 1900 / 2100 MGTs, 4G (regionga bog`liq);

– 4,8-dyuymli displey HD Super AMOLED 1280×720 piksel ruhsati bilan;

– 8 megapikselli kamera, avtofokus va yoritish (vspishka) bilan;

– 1,9 megapikselli frontal kamerasi;

– Wi-Fi (802.11 a/b/g/n), Bluetooth 4.0(LE), GPS/GLONASS, NFC;

– Sensorlar: akselerometr, yoritish datchigi, raqamli kompas, yaqinlashtirish datchigi, giroskop, barometr;

– O`zining xotirasi 16 yoki 32 GB (keyinchalik 64 GB bilan chiqadi);

– microSD xotirasi uchun joy;

– Akkumulyator 2100 mAch;

– O`lchov:136,6 x 70,6 x 8,6 mm;

– Vazm:133 gramm.

Kiritilgan yangiliklar:

2

  • Yangi korpus dizayni, xozir smartfon faqat ikkita rangda chiqariladi: ko`k (Pebble Blue) va oq (Marble White);
  • To`rtinchi avlod LTE uyali tarmog`i ishlaydi (bazi regionlarda);
  • Smartfon yangi foydalanuvchisiga moslasha oladi, endi smartfon yuzni,ovozni va harakatlarni  aniqlash texnologiyasi bilan ishlaydi;
  • S Voice ovoz texnologiyasi (endi foydalanuchi smartfonni bilan ovoz (tovush) orqali ishlatishi mumkin: budilnikni o`chirish uchun, ovoz balandligini o`zgartirish, qo`shiq qo`yish, xabarlarni va eletron xatlarni yuborish, avtomatik tarzda kamerani yoqish va rasmga tushurish, hamda yanada ko`p xizmatlar);
  • Yangi Android Beam — S Beam texnologiyasi fayllarni jo`natishga yordam beradi (1 GB filmni 3 daqiqa ichida jo`natsa bo`ladi, 10 MB audio faylni 2 soniyada);
  • AllShare Cast xizmati bilan Samsung Galaxy S IIIni televizorga ulasa va smartfon kontentini katta ekranda tamosha qilsa bo`ladi.
  • HD Super AMOLED displey yorqin va rangli rasmlarni va videolarni ko`rishga imkoniyat beradi.
  • Wi-Fi Channel Bonding texnologiyasi orqali Wi-Fi tezligi ikki baravar oshdi;
  • va yanada boshqa ko`plab kiritilgan yangiliklar.
Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. nodir

    samsung galaxy s 3 dunyoning eng daxshat telefoni.

  2. Номаълум

    shu telefon uje tushimga qirgan )))

  3. нодир

    да конфигурация емон эмас

  4. Зафар

    Яхши телефон, лекин олишга пулим йук

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social