PIP smartfonlar uchun ixcham proektor

PIP smartfonlar uchun ixcham proektor

Smartfonlar kundan kunga komp`yuter va noutbuklarning mashxurligini pasaytirib kelmoqda. Bundan tashqari Parallel Interactive Projector (PIP) deb ataluvchi ixcham proektor smartfonning barcha funktsiyalarini interfaol ekran orqali istalgan joyda ko`rish imkoniyatini beradi.

PIP smartfon bilan ilova orqali ishlaydi va ushbu moslama Jorge Juan Prieto Campos tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu moslama mobil moslamaning ekran tasvirini yuzaga LED proekt orqali chiqaradi. Gadjet videokonferentsiya uchun kerak bo`lgan kamera, mikrofon va dinamik bilan ham jixozlangan.

Interfaol ekran infraqizil lazer orqali ishlaydi va u yuzasi bilan harakatni ushlab turadi. Dizayner so`zlari bo`yicha, PIP smartfonning zaryadini ham tejaydi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social