Project Glass

Google kompaniyasining Google X “maxfiy laboratoriya” xodimlari “aqlli” qo`shimcha real ko`zoynak ustida ish olib borayotganliklarini tastiqlashdi.

Shu yilning boshida Project Glass haqida bo`lgan mish-mishlarni Google vakillari Google+ ijtimoiy tarmog`ida tasdiqlashdi. Bu sahifada ko`z oynakning o`ng ko`z yuqorisida turgan kichkina linzali moslamaning rasmlari va video lavxa joylashgan. Ushbu klipda gadjetni qanday ishlatilishi ko`rsatilib o`tilgan. Oddiy gap bilan aytadigan bo`lsak u smartfon o`rnini bosa oladi (yoki u bilan bog`liq holda ishlaydi), moslamaning yana bir qulaylik taraflaridan biri – bu smart fondan qo`llar yordamisiz foydalanish imkonini beradi, bu esa qo`llarimizning bo`sh turishga imkoniyat yaratib berdi.

Ko`z oynak Internetga chiqish imkoniyatiga ega, u ob-havo haqida ma`lumot beradi, ovoz buyruqlarini bajaraoladi, shahar bo`ylab yo`lovchi marshrutini ko`rsatadi, musiqa ijro etadi, hamda suratga ham oladi. Undan tashqari xabarlar va video qo`ng`iroq bilan ham ishlay oladi. The New York Times xabar berishicha, Google kompaniyasida ushbu moslamaning ishlayotgan prototipi ham bor.

Google aytishicha: ko`z oynak yangi xabarlar oqimi orqali odamlarni real hayotdan uzib qo`ymaydi. Aksincha ularning maqsadi – ushbu texnologiyani real hayotga “choksiz” kiritish, ya`ni uning qo`llanilishini tabiiy qilish. Masalan suratga olish uchun sizga endi cho`ntagingizdan smartfon olishingiz, keyin tasvirga olmoqchi bo`lgan ob`ektga qaratib rasmga olishingiz shart emas. Faqatgina kerakli yo`nalishga qarasangiz bas, keyin ko`zoynakdagi tugmani bosish kerak, yoki oddiy ovoz buyrug`ini aytish kerak xalos.

Ilgari Google xodimlari anonim holatda The New York Times ga ushbu moslama sotuvga 2012 yilning oxirida chiqishi, va ularning narxi smartfon narxi bilan teng bo`lishi mumkinligi xaqida xabar berishgan. Moslamaning operatsion tizimi albatta Android bo`lishi kutilmoqda.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. hi tech

    Google ga voobshem gap yo’q, molodci!

  2. Номаълум

    texnologiyalar voobshem rivojlanyaptiku! vo ajabo!

  3. а

    технологияни бундай ривожланиши инсон зотига кай даражада фойдали? хозир технология кайси тарафга караб ривожланяпти? бу яхшими или ёмонми?

  4. нодир

    албатта яхши,яшаш осонрок буляптию!

  5. jasur

    ochkilar daxshatku, lekin uyliman yurishda xalaqt beradi!

  6. madina

    voy zor ekan, yaxshi uylab topishdi

  7. Номаълум

    bumidigan narsa!

  8. baxti.com

    nimaga daro bumidigan, xozir xamma narsa mumkin!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social