Robot-transformerga aylanuvchi yangi Xiaomi plansheti yaratildi (+video)

Robot-transformerga aylanuvchi yangi Xiaomi plansheti yaratildi (+video)

Yangi planshetlar ishlab chiqarilganda, har bir ishlab chiqaruvchi o`z raqiblaridan o`tib ketishni istaydi.

Ko`pincha, ular yangi planshetlarni yanada yupqaroq, tez ishlaydigan va akkumulyatori kattoroq qilishga harakat qilishadi. Ammo Xiaomi kompaniyasi ushbu an`anani o`zgartirish uchun o`zining “Mi Pad 2” planshetini haqiqiy “MiPad Transformers Special Edition” ga o`zgartirdi.

19 santimetrlik robot-transformer, 30 xarakatdan so`ng “Mi Pad 2” planshetiga aylanadi. Ammo afsuski “planshet” holatida haqiqiy planshetda bo`lgan hususiyatlarni bajarmaydi. Mazkur o`yinchoq “Hasbro China” o`yinchoqlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan hamkorlikda ishlab chiqarildi. Ushbu moslamani 13 maydan boshlab $26 evaziga sotib olish mumkin.

Manba: 24gadget.ru

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. shox87

    Daxshatu

  2. Jasurbek

    Planshet bolib ishlamasa, foydasi nima? Nima keragi bor bunakasin ixtiro qilishga?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social