Samsung dan yana bir yangilik

Janubiy Koreyalik kompaniya Samsung rasman ikkita yangi Android Galaxy
‘times new roman’, times; font-size: medium;”>Mega smartfonlarini ommaga takdim etdi – ulardan biri kattaligi 6,3-
dyuymli displeyga ega. Bunday displeyga ega bo`lgan yangi smartfon 7 dyuymli
planshetlardan funktsional jixatdan yaqinlashib qoldi. Ikkinchi smartfon ekran
diagonali esa 5,8 dyuymni tashkil etadi.

Bu smartfonlar «fablet» segmentida Samsung kompaniyasining strategiyasini
davom etirmoqda (phablet – ingliz. tilidan phone i tablet). Bu smartfonlar
katta o`lchamli displeylari evaziga planshetlarga yaqinlashib qoldi. Misol uchun
GalaxyNoteII smartfoni 5,5 ekran diagonaliga ega. Samsung yangi katta displeyli
smartfonlar ustida ish olib borayotgani haqidagi xabar, bir necha oy oldin
chiqqandi. Samsung kompaniyasidan oldin 6,1 dyuymli ekranga ega AscendMate
smartfonini Huawei kompaniyasi takdim etgandi.

Samsung Galaxy Mega 3

Galaxy Mega – ikki yadroli 1,7 GGts protsessorida ishlaydi, og`irligi 200 gramm va
akkamulyatori 3200 mAch quvvatga teng. Smartfonning 6,3 dyuymli ekran diagonali
mul`ti-media fayllarini ko`rish va veb-serfing uchun juda qulay hisoblanadi.
Moslamada bir qator qo`shimcha funktsiyalar ham paydo bo`lgan – ovozli yordamchi
SVoice, tarjima dasturi STranslator, oldindan ko`rish rejimi AirView va
boshqalar. 8-megapikselli (asosiy) va 2-megapikselli (old tarafdagi) ikkita
kameralar harakatda bo`lgan ob`ektlarni rasmga olish imkoniyatiga ega. 

Galaxy Mega dan tashqari Samsung kompaniyasi 5,8 dyuymli «ixchamroq»
versiyasini ham taqdim etdi. Ikkala smartfon ham Android 4.2 Jelly
Bean platformasida ishlaydi, lekin Galaxy Mega 16 va 32 Gbayt
xotirasiga, «ixchamroq» versiyasi esa atiga 8 Gbayt xotirasiga ega bo`ladi.
Smartfonlarning xotirasini 64 Gbaytgacha microSD flesh xotiralari yordamida
ko`paytirish mumkin. 

Samsung Galaxy Mega 2

Galaxy Mega smartfonlari Evropa va Rossiyada shu yilning may oyida sotuvga
chiqishi kutilmoqda, keyinchalik esa kompaniya sekin-sekin boshqa davlatlarda xam
bu smartfonlarni sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bizda bu smartfonning
sotuvga chiqish sanasi xali aniq emas, shu qatorda uning narxi hali ma`lum emas.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. komil

    samsung hi-tech jahon bozorida o’zining salmoqli o’rinlarini mustahkam egallamoqchi shekilli, tinmasdan yangi yangi smartfonlani chiqarishmoqda

  2. 159

    hali Samsung Galaxy S4 taqdimoti bo’lib o’tmadiyu, man bu smartfonniki hali beri bo’maydi shekilli

  3. a

    энг мухуми нархи арзон бусин, оддий халк ололийдиган нархда буса ажойиб буларди

  4. Номаълум

    lekin ma shi samsunggi chiqarvotgan telefonlari ancha zerikarli, na bir yangi dizayni bor, na bir uzlari yangi funksiyalar uylab topishadi, manimcha ma shi taqdimotdan keyin ham kamida 1-2 ta kompaniyalar samsungi sudga berigan bulishsa ajabmas

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social