Samsung Galaxy S8 va S8 Plus taqdim etildi

Samsung Galaxy S8 va S8 Plus taqdim etildi

Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan Galaxy Unpacked-2017 marosimda Janubiy Koreya kompaniyasi Samsung Electronics rasmiy ravishda – Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus ni taqdim etdi.

Ikki taqdim etilgan modellari to’rt tomondan yupqa ramkaga ega bo’lishdi, bu esa display diagonalini oshirish imkonini berdi.

7

Oldingi Home tugmasi “Invisible home button”ga (“Ko’rinmadigan uy tugmasi”) joy berdi. Bir nechta ilova ishlatilganda sensorli klaviatura yo’qoladi, ammo ekran pasida “Home” tugmasi paydo bo’ladi. Smartfonlar besh rangda: qora, ko’k, safsar, kumush va tilla ranglarida mavjud bo’ladi.

Shuningdek, barmoq izlarining skaneri orqa tarafga kamera yoniga o’tdi, ammo bu barcha foydalanuvchilarga noqulaylik yaratishi mumkin va oldi tarafdan kompaniya logotipi olib tashlandi.

8

Smartfonlarning korpusi deyarli shishadan yasalgan bolib, smartfonni qo’lda sirpanib ketmaydi. Smartfonlar IP68 standartga ko’ra, suv va tuproqdan himoya qilingan. Smartfondagi ma’lumotlarni endi beshta yo’l bilan himoya qilish mumkin: barmoq izi, yuz yoki ko’zlarni aniqlash, parol va grafik parol.

Smartfonlarga yangi ovozli “Bixby” yordamchi o’rnatilgan. Bixby yordami smartfon funksiyalarini boshqarish mumkin. Kameralari oldingi smartfonlardan ko’ra yangilangan va endi ular korpusdan chiqib turmaydi. Siz faqatgina barmog’ingiz bilan uning ramkanisi sezishingiz mumkin.

9

Samsung smartfonlardan tashqari yana yangi,  DeX stansiyasi (smartfonni komputerga aylantiradi), yangi Gear VR Oculus garniture va panorama tushiradigan kamera Gear 360 aksessuarlarini taqdim etdi.

Hozirda Galaxy S8  – 799 dollar va Galaxy S8 Plus esa – 899 dollar narxlarda belgilab qo’yilgan.

Samsung Galaxy S8 / S8 Plus xususiyatlari

Protsessor: 8-yadroli, 64-bit, 10 nm

Xotira: 4 GB RAM va 64 GB + microSD ROM 256 GB

Displey: Quad HD + Super AMOLED (× 1440 2960); 5,8 dyuymli, ppi 570 / 6,2 dyuym 529 ppi

Kamera: asosiy – 12 MP; oldi – 8 MP

Akkumulyator: 3000 mAh / 3500 mA

Tarmoq va interfeyslarni: LTE Cat. 16, Wi-Fi 802.11 a / b / g / n / AC, Bluetooth 5.0, USB turi-C, NFC, GPS, GLONASS, BeiDou

O’lchamlari: 148,9 × 68,1 × 8,0 mm / 159,5 × 73,4 × 8,1 mm

Og’irligi: 155 g / 173 g

OS: Android 7.0 Nugat

6

Yangi mahsulot haqida nima deb o’ylaysiz? Izohlaringizni kutib qolamiz!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social