Smartfon zaryadlovchi shortiklar! Bu mumkinmi?

Smartfon zaryadlovchi shortiklar! Bu mumkinmi?

Power Pocket kompaniyasi dastlabki va o`ziga xos Power Shorts shortik va uxlash uchun mahsus qoplarni ommaga taqdim etdi. Bu maxsulotlarning  ajoyib xususiyati esa, inson tana harorati orqali batareykalarni, smartfonlarni va boshqa turdagi texnika vositalarini zaryadlash mumkin. Bunday yangilik Vodafone va Sauthampton universitetining mutaxasislari tomonidan ishlab chiqildi.

Muxsus shortikda gubkasimon pezoelektrli material va smartfonni zaryadlovchi maxsus adapter o`rnatilgan. Qachonki inson harakatda bo`lsa, bu maxsus shortik elektr zaryadini to`playdi. Ya`ni, shortik ustki qismida joylashgan maxsus material elektr tokini bir joyga yig`adi. Shu bilan, kun davomida yig`ilgan elektr toki orqali uyali telefonni 4 soat ishlashi uchun etarlicha zaryad yig`ish mumkin ekan. 

Sleeping Bag uxlash uchun mo`ljallangan maxsus qop esa Zebeke deb nomlanuvchi effektni amalga oshiradi, ya`ni tana harorati o`zgarishiga qarab elektr quvvatini yig`adi. Sleeping Bag qopi maxsus polimer plyonka bilan qoplangan va shu plyonkalar inson tanasining issig`idan qiziydi va shu orqali elektr tokini ishlab chiqaradi. Bir tun davomida maxsus qop ishlatilsa, 11 soatgacha zaryadkasi etadigan smartfonni zaryadlash mumkin bo`ladi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Odil

    Super, odamlarning kallasiga qoyil lekin, shuniyam o’ylab topishibdi

  2. Номаълум

    manga kupro shorti yoqdi + bonusiga qizziyam berarminkin?

  3. Odil

    Hahaa)) Endi qizzi bermasa kerak

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social