Smaylik – klaviatura!

Smaylik – klaviatura!

Smayliklar tarmoqdagi muloqatni juda osonlashtiradi, manimcha buni hech kim rad etmasa kerak. Ushbu yuzachalar yordamida suhbatdoshimizga o`z hissiyot va extiroslarimizni tez va qulay etkaza olamiz.

Ammo ulardan foydalanish faqat smartfonlarda qulay, sababi smartfonlarda smayliklar uchun alohida qo`shimcha bo`lim bor. Komp`yuterlarda esa bu holat ancha qiyinchilik tug`diradi. Aynan komp`yuter uchun “emotsional” muloqotni sevuchilar uchun EmojiWorks nomli Bluetooth-klaviatura yaratishdi, uning tugmalarida nafaqat xarflar bor, balki ularga qo`shimcha sifatida smayliklar ham o`rnatishgan.

Matnda kerakli smayl paydo bo`lishi uchun “emoji” tugmasi bosiladi va kerakli rasm tugmasini bosish orqali kerakli smaylik tarmoqdagi suxbatdoshga jo`natiladi. Klaviatura bir nechta turda mavjud: standart klaviaturada 47 smaylik, Emoji Keyboard Plus – 94 ta smaylik va Emoji Keyboard Pro – 120 ta smaylik mavjud. Aksessuar OS X, iOS va Windows operatsion tizimlari ostida ishlaydi. Moslamanining narhi $60.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social