Snapchat ko’zoynaklari suratga olishi va video yozishi mumkin

Snapchat ko’zoynaklari suratga olishi va video yozishi mumkin

Snapchat yangi “Spectacles V2” kamerali ko’zoynakni ishlab chiqardi. Qurilma, birinchi versiyadan farqli o’laroq, oddiy quyosh ko’zoynaklariga o’xshaydi. Ular suv o’tkazmaydigan, yorug’ oyna bilan jihozlangan va yanada jozibali ranglarda yaratilgan. Spektacles V2 smartfon bilan tezroq sinxronlashadi.

Maxsus tugma uzoq bosilsa fotosurat oladi, qisqa bosilsa 10 soniyalik video yozib oladi. Qo’shimcha bosish orqali videoni 30 soniyagacha uzaytirish mumkin. Mikrofon shamol tovushini olib tashlaydi va ovoz balandligini muvozanatlaydi.

Telefon bilan sinxronizatsiya qilish uchun Bluetooth ni yoqish kifoyadir. Ma’lumotlar har doim HD sifatida ichki o’rnatilgan Spectacles V2 simsiz moduli orqali uzatiladi.

Maxfiylik nuqtai nazaridan, ko’zoynak kamerasi hali ham yozib olish jarayonida yonib turadi, lekin kompaniya ko’zoynakni yorqin qiluvchi sariq ramkani rad etdi. Endi ko’zoynaklarga kamera o’rnatilganini bilish oson emas.

Ko’zoynaklarni zaryad qilish g’ilofi kichikroq bo’ldi, shuning uchun uni cho’ntagingizga solib qo’yishingiz mumkin. Snapchat Spektacles V2 kamera va apparat ichini yangilatdi, hamda batareyani ishlash va xotira miqdorini oshirdi. Buning yordamida moslama bir hafta ishlashi mumkin va bu vaqtda 70 ta video yozishi mumkin.

Ko’zoynaklar nafis va qimmatroq ko’rinishga ega bo’ldi. Ular uch rangda, qora, qizil va ko’k ranglarda mavjud.

Spectacles V2 ko’zoynaklari AQSh, Kanada, Angliya va Fransiyada sotuvga chiqarildi va 3-maydan 13 ta Yevropa mamlakatlariga ham yetib boradi. Ko’zoynakning narxi 150 dollar.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social