Super sichqoncha!

Super sichqoncha!

Biz 21 asrda yashaymiz va har bir kun bu yangi ixtirolar kuni. Butun dunyo bo`yicha insonlar ishlashi uchun qulay bo`lgan yangi ixtirolar yaratilmoqda. Shu bilan birga o`zlarining hayotini oson va engil qilishmoqda. Hozirda dunyoni yangi ixtirolarsiz tasavvur qilish qiyin. Agar birinchi shaxsiy komp`yuter ixtiro qilgan vaqtga qaraydigan bo`lsak, o`sha vaqtning g`oyat juda ajoyib kashfiyoti bo`lgan. Bu esa hozirgi kungacha elektron texnologiyalar olamida yana va yana yangi o`zgarishlar kirib kelishiga sabab bo`lmoqda. Hozirda biz egalik qilib turgan narsalarning barchasi, huddi biz kabi oddiy insonlarning ijodi va ixtirolari deb aytsak bo`ladi.

Ko`pchiligimiz o`z shaxsiy komp`yuterlarimizga sichqoncha sotib olamiz. O`zimizga sichqoncha sotib olayotgan vaqtda uning funktsiyalariga va tashqi ko`rinishiga ahamiyat qaratamiz. Ammo tanlayotgan sichqonchamizning formasi ham bir muncha muhum ahamiyat kasb etadi. Chunki insonlar o`zlariga ancha qulay bo`lgan sichqoncha topish uchun o`zlarining ko`p vaqtlarini sarflashadi. Aytishimiz mumkinki, yaqinda IT olamida etakchi kompaniyalaridan biri bo`lgan LitON kompaniyasi bu masalaning echimini topishdi. Kompaniya ancha zararsiz va engil bo`lgan loydan yangi sichqoncha ixtiro qilishdi. Bu sichqoncha neylon va poliuretli qoplamga ega. Natijada, bunday tarkibdan iborat bo`lgan sichqoncha o`z formasini istalgan qo`rinishga o`zgartirishi mumkin. Hatto o`zingizga ham, o`zingizga qulay bo`lgan yangi shakl berishingiz mumkin. Sichqonchadagi doira shakldagi,  hamda o`ng va chap tugmalari odatiy shakldagi ko`rinishida qolgan, bu tugmalarni sichqonchaning hohlagan joyiga qo`chirishingiz mumkin.

LiteOn kompaniyasi sichqoncha yaratish bobida yangilik kiritishdi deb bemalol aytishimiz mumkin. Garchi ular bu proekt ustida haliyam ish olib borishayotgan bo`lsa ham, bu sichqonchaning dizayni Dot dizaynlar konkursida birinchi o`rinni egalladi. LiteOn kompaniyasi o`zining yangi ixtiro qilgan sichqonchasiga talablar juda ko`p bo`lishini ishonch bilan aytishmoqda.

Dunyoni yangi ixtirolarsiz tasavvur qilaolasizmi? Ko`pchilik esa yangi texnologiyalar insonlarning dangasa va ularning tanazzulga uchrashiga sabab bo`ladi degan fikrdalar. Lekin aytmoqchimanki, insonlar mana shunga o`xshash yangi ixtirolar va yangi izlanishlar bilan shug`ullanishmaganida, allaqachon tanazzulga uchrashimiz muqarrar bo`lardi. Shunday qilib, yangi texnologiyalar bizlarning rivojlanishimiz uchun muxum. Siz qanday o`ylaysiz, yangi texnologiyalarning va ixtirolarning bizga foydasi bormi?

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nishtyak

    Bunaqa mishka faqat gamerlarga kerak. Manga voshem kerakmas.

  2. aleg

    Ne, eto mish toje ne dlya geymerov. Eto tochno! Eto mojet dlya tex kto zanimaetsya gragikoy

  3. Нико

    Но я бы хотел иметь такую мышку

  4. hi tech

    мана буни мышка деса булади, бунда ишлаш хам кулай булса кере, дизайнига эса вообщем гап йук, бизда бундай мышка сотувда борми?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social