Tugmalarsiz yangi Manta 7X smartfoni taqdim etildi

Tugmalarsiz yangi Manta 7X smartfoni taqdim etildi

Xitoylik mobil gadjet ishlab chiqaruvchilar yanada barchani hayratga solmoqda. Moslamalar nafaqat arzon, balki yaxshi hususiyatlari bilan ham ajralib turadi.

Buning yorqin isboti yangi Manta 7X smartfonidir. Smartfonning hususiyati a`lo darajada, lekin bu asosiy narsa emas. Moslamaning asosiy hususiyati bu korpusda hech qanday tugmaning yo`qligidir. Odatiy kamera, ovoz, yoqish tugmalari mavjud emas.

Qanday qilib foydalanuvchilar moslama bilan ishlashadi? Osongina. Xitoylik muhandislar eski elementlarni zamovaniy analoglarga almashtirishdi. Aniqrog`i, moslamaning old va chetki qismlarida qo`shimcha sensor panellar o`rnatildi. Endi ular yuqorida aytib o`tilgan funktsiyalarni bajaradi.

Texnik jihatdan, Manta 7X smartfoni 5,5 dyuymli (1080 r), 4 yadroli protsessor, Qualcomm Snapdragon 801, 2,5 GGts platforma, 2 GB OZU, 32 GB xotira va 4200 mAch akkumulyatoriga ega.

Shuningdek, moslamada IP55 standart bo`yicha suv va changlarga qarshi himoya, barmoq izlarining skaneri, LTE, chiroyli orqa metalli korpus bilan jihozlangan. Moslamaning narhi  $652 ni tashkil etadi.

 

*Manba

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social