Tugmasiz yangi Manta X7 smartfon

Tugmasiz yangi Manta X7 smartfon

Xitoyning Manta kompaniyasi noyob smartfon X7 ni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ushbu smartfon butunlay tugmalarga ega bo`lmaydi. Hamda yoqib-o`chirish va tovushni boshqarish tugmalari ham bo`lmasligi mumkin.

Hozircha yangilik haqida xech qanday ma`lumotlar berilmagan, biroq smartfonning yon tarafi sensorli panel`ga ega bo`lishi mumkin. U yordamida nafaqat tovushni boshqarish mumkin, balki yana nomer terish menyusini va ilovalarni chiqarish mumkin. Shuningdek, tovush yordamida boshqaruvchi tizim ham bo`lishi kutilmoqda.

Manta X7 maxsus operatsion tizim ostida ishlaydi, u Android platfomasida asoslangan bo`ladi. Ushbu operatsion tizim o`zining shaxsiy nomiga ega bo`ladi ya`ni MO7os.

Boshqa texnik harakteristikalari sir ostida qolmoqda, biroq MediaTek chipsetlarni ishlatilishi kutilmoqda. Manta X7 smartfonining sotuvga chiqish sanasi haqida ham hozircha hech qanday ma`lumotlar berilmagan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social