Uchta moslama uchun USB-kabel`

Uchta moslama uchun USB-kabel`

Ko`pchiligimiz bir necha mobil moslamalarga egamiz va ular doimo bizdan “zaryad”ni talab qilishadi, biroq bizda doimo yoki zaryad uchun kabel yo`q yoki zaryad moslamalar uchun “razetka”lar yo`q bo`ladi.

Samsung kompaniyasi ushbu vaziyatdan chiqish yo`lini topti va shu bilan birga o`z foydalanuvchilariga mul`ti-zaryad kabel`ini taqdim etdi. Shnur bir tarafdan USB orqali zaryad moslamaga ulanadi va boshqa tomondan uchta micro-USB bor, bu esa bir vaqtning o`zida uchta mobil moslamalarni zaryad qilish imkoniyatini beradi.

Mul`ti zaryadli kabel` uchta moslama orasida zaryadni teng qilib taqsimlaydi. Unga smartfon, planshet, smart-soat yoki naushniklarni ulash mumkin. Har bir ulangan moslama 0,667 amper dan oladi. Bu zaryad olish tezligini pasaytiradi, biroq bir vaqtning o`zida uchta moslamani zaryad qilish qulayroqdir.

Bitta moslamani tezroq zaryad qilish uchun, boshqa USB chiqishlarni bo`shatish kerak bo`ladi, natijada sizning moslamangiz qisqa vaqt ichida to`liq zayard olishi mumkin.

Janubiy Koreyalik ishlab chiqaruvchining aytishlaricha, kabel` portativ bo`lib, mobil moslamaning faol foydalanuvchilariga yaxshi tanlov bo`ladi. Samsung mul`ti-zaryadli shnuri yaqin orada $39.99 narhda bozorlarda paydo bo`lishi mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social