Uzoq vaqt o`z elektr manbai bilan ishlay oluvchi Apple MacBook Air

Uzoq vaqt o`z elektr manbai bilan ishlay oluvchi Apple MacBook Air

Apple kompaniyasi WWDC konferentsiyasida dioganali 11.6 va 13.3 dyumga teng bo`lgan yangi MacBook Air noutbuklarini taqdim etdi. Bu noutbuklarning tashqi ko`rinishi deyarli o`zgarmagan. Asosiy o`zgarish bu uning ichki tizimida bo`lib, unga yangi avlod Intel i5(Haswell) tizimi va unumli grafika tizimlari o`rnatilgan.

Taqdimotda Apple kompaniyasi yangi MacBook Air noutbuklarining afzallik taraflari deb – uning tezligi va elektr manbaining uzoq muddatiyligini ko`rsatib o`tishgan. MacBook Air noutbukining eng afzallik tarafi esa – bu uning 7 soatdan 12 soatgacha o`z elektr manbai bilan ishlay olishidir.

Bir necha test natijalaridan keyin shu ma`lum bo`ldiki, Apple kompaniyasi yangi noutbukiga ta`rif berishda unchallik ham ortirib yuborishmagan. Xozirgi kunda katta kuch va quvvatga ega bo`lgan Apple MacBook Air noutbuki hammaning e`tiborini qozonmoqda. Nilay Patel  The Verge internet sahifasi muharriri bayonat berishicha, Apple MacBook Air 13 soatu 29 daqiqa o`z quvvati bilan ishlagan. Qo`shimcha tarzda shuniyam aytib o`tishimiz mumkinki, PCMag internet nashrining muharriri Santo Domingo  MacBook Air ni 15 yarim soat ishlatishga muvaffaq bo`lshgan.

Samarali energiya manbaiga va quvvatiga ega bo`lgan Apple MacBook Air 12 soatgacha elektr tarmog`isiz ishlash qobilyatiga ega. Apple MacBook Air xususiyatlariga kelsak, unda HD Graphics 5000 o`rnatilgan bo`lib, u ranglar jilosi va videoning yanada yorqinroq bo`lishida xizmat qiladi. Qolaversa  Wi-Fi 802.11ac,  1.3 Ghz li protsessor, 4Gb operativ xotira va 125 Gb li SDD xotira bilan jihozlangan.

Aytish joyizki, xozirgi kunda Apple MacBook Air zamonamizning yorqin, uzoq muddatli (12-soatgacha) orqali ishlay oluvchi noutbuk sirasiga kiradi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    narxi qancha ekan?

  2. Odil

    Apple MacBook Air ning narxilari: 11.6 dyumli 999$ va 13.3 dyumlisi 1099$

  3. Xonim

    жуда арзон экан :))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social