UZTE brendi ostida yangi smartfonlar O`zbekistonda ishlab chiqariladi

UZTE brendi ostida yangi smartfonlar O`zbekistonda ishlab chiqariladi

O`zbekistondagi UZTE kompaniyasi vakili Kamila Tursunovaning aytishicha, kompaniya may oyidan boshlab Sirdaryo viloyatida smartfonlar ishlab chiqara boshlaydi. Kompaniya birinchi 10 000 ta apparatlardan ishlab chiqaradi,  to`liq ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgach yiliga 500 ming dona smartfon bozorga chiqariladi.

UZTE brendi ostidagi smartfonlar GRAND-X, GRAND-V va GRAND-M modellardan iborat bo`lib, ular DualCore platformada 1 GHz. protsessorga va SIM-kart uchun ikkita sig`imga ega bo`ladi. Telefonlar HD-video formatga, avtomatik tarzda yuz aniqlash funktsiyasiga, panorama suratga olish funktsiyasiga va DolbyPro akustik sistemaga ega bo`ladi.

Ekspertlarning baholashlaricha, O`zbekistonda mobil telefonlar bozorining hajmi yilliga 3 million yangi apparatni tashkil qiladi. Ularning asosiy qismi horijdan keltirilgan bo`lib, Nokia, Samsung, LG, HTC, Apple va Sony kompaniyalari mahsulotlarini tashkil qiladi. O`tgan yili O`zbekiston bozoriga Xitoyning Huawei kompaniyasi ham o`z smartfonlari bilan kirib keldi. O`zbekistondagi Huawei kompaniyasining brend menedjeri Shuxrat Tursunov aytishi bo`yicha, ushbu telefonlar, o`zining foydalanuvchilarni topgan.

Aytib o`tish lozimki, O`zbekistonda Artel brendi ostida telefonlar va smartfonlar 2012 yilda dekabr oydan ishlab chiqara boshlagan. Hozirgi vaqtda kompaniya 6 xil telefonlarni ishlab chiqaradi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    yaxshi yaxshi, mana shunday asta sekinlik bilan hi tech olamidayam yurtimizda rivojlanish boshlanadi hursandman

  2. Lochin

    ishlab chiqargani yaxshiyu lekin xalqning milliy ishlab chiqaruvchilariga bulgan ishonchi yaxshi emas. kupchili bu maxsulotlani sifatsiz deb bilishadi

  3. 159

    tugri lekin bu narsa ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta’sir qilmasligi kere deb uyliyman, aksincha ular yaxshi mol ishlab chiqaryotganlarini isbotlashlari kere

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social