Instagram dan navbatdagi yangilik: endi video translyatsiyalarni birgalikda efirga uzatamiz

Instagram dan navbatdagi yangilik: endi video translyatsiyalarni birgalikda efirga uzatamiz

Instagram video translyatsiyani hamkorlikda efirga uzatish yangi funksionalini amalda sinab ko’rmoqda.

To’g’ridan – to’g’ri efirga chiqish bu do’stlaringiz va Sizning sahifangizdagi ko’zatuvchilar bilan muloqatda bo’lishning juda qiziqarli formatidir. Lekin butun dunyo bilan yolg’iz “birga – bir” vaziyatda qolganda odam o’zini noqulay his etishi tabiiy hol. Yangi funksional hech qanday qiyinchiliksiz translyatsiyaga ikkinchi ishtirokchini qo’shish imkonini beradi – Instagram

1211q

Foto – Instagram

Birgalikda to’g’ridan – to’g’ri translyatsiyani amalga oshirish uchun oldin bir foydalanuvchi  translyatsiyani yaratishi kerak bo’ladi va keyin ushbu translyatsiyaga mehmonni taklif qilishadi. Shunda translyatsiya kuzatuvchilari ekranlaridagi tasvir teng ikkiga bo’linadi va tasvirlar ikki foydalanuvchi kameralaridan kela boshlaydi. Translyatsiya yaratuvchilari mehmonni istalgan vaqtda almashtirishlari mumkin. Translyatsiya tugasi bilan ushbu videoni foydalanuvchi sahivasida qoldirishi mumkin va bu videoni boshqa foydalanuvchilar faqat kun davomida tomosha qilishlari mumkin.

Hozircha yangi funksional imkoniyatlaridan foydalanish faqat bir qancha foydalanuvchilar uchun mavjud, lekin tez kunlarda yangi funksional barcha uchun birdek foydalanish imkoni paydo bo’ladi.

Manba: Instagram

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social