WhatsApp messendjer veb-versiyani ishga tushirdi

WhatsApp messendjer veb-versiyani ishga tushirdi

Smartfonlarda mashhur bo`lgan WhatsApp foydalanuvchilari uchun yana bir yangilik. WhatsApp foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi messendjer veb-versiyani ishga tushirdi. Bu haqida kompaniyaning bosh rahbari Yan Kim o`z feysbuk ijtimoiy tarmog`ida xabar berdi.

“Mazkur veb-versiya smartfonning davomi bo`ladi ya`ni veb-bruzer mobil moslamadagi suhbatlar va xabarlarni nushasini oladi. Demak, xabarlarning barchasi smartfonda ham qoladi”, – deb ta`kidlab o`tdi Yan Kim.

Foto:  https://web.whatsapp.com

Ushbu xizmatga ulanish uchun, foydalanuvchilar https://web.whatsapp.com manbaga o`tishlari kerak bo`ladi. Mazkur saytda QR kod paydo bo`ladi va xizmatni yoqtirish uchun uni smartfon orqali skaner qilish kerak.

Xizmatdan foydalanish uchun smartfonda yangilangan WhatsApp messendjer bo`lishi lozim va hozirda faqatgina Android, Windows Phone va BlackBerry smartfonlari uchun mavjud. iPhone foydalanuvchilar uchun mazkur xizmat mavjud emas, chunki iOS tizimining farq qilishidir.

Manba: www.pcmag.com

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Xusan

    Telegramning Web versiyasi ishlab chiqilgan buni Google Chrome Ilovalar dokonidan bepul o’rnatish mumkin! WhatsApp ‘sal’ kechikibdida ‘Telegram’ ning arxitekturasi baribir tezda dazdurchilari ham smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social