Windows 10 ning chiqish sanasi ma`lum qilindi

Windows 10 ning chiqish sanasi ma`lum qilindi

Microsoft kompaniyasining xabar berishicha, Windows 10 keyingi oy ya`ni 29-iyul`dan chiqariladi.

Kompaniyaning rasmiy saytidagi xabarlarga ko`ra, yangi OS da ovozli yordamchi Cortana tizimi, hamda u bilan birga ishlaydigan yangi Microsoft Edge deb nomlanuvchi brauzer ham mavjud. Shuningdek, foydalanuvchilarga yangi Office-2016 taklif etiladi.

Bundan tashqari, yangi OS da boshqa yangiliklar ham mavjud. Masalan, Windows Hello biometrik identifikatsiya tizimi ham operatsion tizimda joy olgan.

Windows 10 ning narhi ikki hilda bo`lib, uy sharoitida foydaluvchilar uchun 109 dollar va professional ishlar uchun 149 dollar narhida belgilangan.

Windows 7 va Windows 8.1 operatsion tizim foydalanuvchilari Windows 10 ni bepul yangilab olishlari mumkin.

Manba: Naked-Science.Ru

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. many

    Yaxshi yangilik!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social