Windows Vista 2017-yil 11-apreldan tugatiladi

Windows Vista 2017-yil 11-apreldan tugatiladi

Microsoft vakillarining rasmiy bayonotiga ko’ra, 11-apreldan Windows Vista operatsion tizimini qo’llab-quvvatlash to’xtatiladi. Windows Vistani ishlatayotganlarga yangi Windows 10 operatsion tizimi bilan foydalanishni tavsiya qilishadi.

Bundan o’n yil oldin, 2007-yilda, Microsoft kompaniyasi Windows Vistani taqdim etdi. Vista reja bo’yicha juda kech chiqib, kamroq imkoniyatlarga ega bo’ladi. Vista tizimi operatsion tizim foydalanuvchilar orasida mashxurlikga ega bo’lolmadi. Ko’pchilik XP ga qaytib borishdi yoki Windows 7 ga o’tib ketishdi.

Hozirgi vaqtda Windows operatsion tizim foydalanuvchilar orasida faqatgina 1.12% Vista muxlislari qolgan. Microsoft 11-apreldan keyin Windows Vista uchun yangilanish va texnik yordamni to’xtatadi.

Manba: 24gadget
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social