Yangi Apple iPad va iMac 16-oktyabr`da taqdim etiladi

Yangi Apple iPad va iMac 16-oktyabr`da taqdim etiladi

Apple yangi iPad planshetlarini 16-oktyabr`da bo`lib o`tadigan marosimda taqdim etadi.

Ma`lumotlarga qaraganda, Apple sotuvi sekinlashib qolgan planshetlariga yanada turtki bermoqchi. Ushbu kunda bo`lib o`tadigan marosimda 9,7 dyuymli model va yangi iPad mini variantlari taqdim etiladi. Hamda shu marosimda navbatdagi iMac personal komp`yuter ham chiqadi.

Trudi Myuller (Trudy Muller), Apple ning rasmiy vakili ma`lumotlarga izoh berib o`tishdan bosh tortgan.

“Bloomberg” manbasining ma`lumotlariga ko`ra, Apple 9,7 dyuymli oltin rangdagi modellarni taqdim etmoqchi. Yangi planshetlar haqida qolgan ma`lumotlar berilmagan.

Manbada aytilishicha, iPad modeli ohirgi marotaba o`tgan yilning oktyabr` oyida o`zgartirilgan edi va hozirda yangilash albatta kerak bo`ladi yoki foydalanuvchilar bir oy oldin namoish etilgan faqat katta ekranli iPhone 6 Plus ishqibozi bo`lib qolishlari mumkin.

Internet habarlariga ko`ra, keyingi yilda 12,9 dyuymli Apple iPad chiqishi kutilmoqda.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social