Yangi “Aqlli soat” HeadWatch (+video)

Yangi “Aqlli soat” HeadWatch (+video)

Indiegogo platforma asosida “aqlli” soat HeadWatch yaratilmoqda, uning asosiy xususiyati nafaqat bilakda balki Bluetooth-garnitura sifatida boshda ham taqib yursa bo`ladi. Buning uchun bog`lagichdan asosiy modulni echib, uni maxsus mahkamlash orqali quloqqa taqish kerak bo`ladi.

Yangilik past vol`tli protsessor, simsiz aloqa adapter Bluetooth 3.0/4.0, rangli displey, vibromotor, dinamik, mikrofon, akselerometr va harorat o`lchagichi bilan jixozlangan. Soatning korpusi suv o`tkazmaydi va litiy-ionnli akkumulyatorning ishlash vaqti 2 kungacha etadi.

HeadWatch boshqa gadjetlar singari smartfon bilan juftlikda ishlaydi. Ushbu soat Android, iOS va Windows Phone operatsion tizimlari bilan ishlashi kutilmoqda. Foydalanuvchi HeadWatch orqali xabarnomalarni ko`rib chiqishi, bir necha smartfon funktsiyalarini boshqara olishi va hattoki qo`ng`iroq qilishi ham mumkin.

Hozirda ushbu soatni to`gatish ishlari olib borilmoqda. Ijobiy natijalar bo`lsa, HeadWatch soatlari keyingi yilning mart oyida sotuvga chiqishi va uning narxi $250 tashkil qilishi kutilmoqda.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social