100 AQSh dollarining yangi dizayni

100 AQSh dollarining yangi dizayni

AQSh Hukumati 100 dollarlik pul birligining yangi dizaynini taqdim etdi. “Yangi xavfsizlik xususiyatlari o`n yillar davomida o`tkazilgan tajribalar va izlanishlarga asosan, mazkur pul birligini qalbakilashtirishdan saqlashi mumkinligini bildiradi. Yangi 100 dollarlik pul birligining bir tekisda moliyaviy tizim muomalasiga kiritilishini ta`minlash maqsadida, biz butun dunyoga mazkur pul birligini tanishtirish uchun o`qitish ishlarini olib boramiz, hamda AQSh dollaridan foydalanuvchilarning mazkur pul birligi xavfsizligi xususiyatlaridan xabardor bo`ladilar”, – deb ta`kidladi AQSh G`aznachiligi boshlig`i Rozi Rios.

Yangi qayta dizaynlashtirilgan 100 dollarlik pul birligida bir qancha xususiyatlar mavjud, bular moviyrang 3-D Xavfsizlik Tasmasi 100 dollarlik pul birligining old tomonida tasvirlangan va siz pul birligini u yoki bu yoqqa ag`darganingizda, 100 raqami u burchakdan bu burchakka harakatlanishiga va rangining o`zgarishiga olib keladi. Siyohdon ichidagi qo`ng`iroqcha ham pul birligining yana bir xususiyatlaridan biridir. Qo`ng`iroqcha tasviri o`z misrangini pul birligini qimirlatganingizda yashil rangga o`zgartiradi, va bu ta`sir mis siyohdon ichida uning paydo bo`lishi va yo`qolishini beradi.

Yangi 100 dollarlik pul birligi Amerikaning Ozodlik timsolini tasvirlaydi, shuningdek, Mustaqillik Deklaratsiyasidan berilgan ko`chirma va Asoschi – Benjamin Franklinning tarixiy hujjatni imzolayotganiligining moybo`yoqli surati ham tushirilgan. Bularning har ikkalasi ham suratning o`ng va old tarafiga tushirilgan  hamda Benjamin Franklinning moybo`yoqli surati, xavfsizlik ipi va 100 sonining rangini o`zgartirgan holda harakatlanadi.

Pul birligining orqa tarafida esa, Mustaqillik zalining orqa tarafida ko`rinib turgan binolar bilan birgalikdagi tasviri tushirilgan. Pul birligining orqa tarafidagi har ikkala tasviri ham kengaytirilgan va avvalgi mavjud bo`lgan tasvirlar olib tashlangan.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sobir

    Daxshatku. Qachon muomulaga kirarkan?

  2. a

    озгинча сабр кисангиз кеб колади smile

  3. 7778

    nima farqi bor qachon muomilaga kiritilishining baribir shu 100$ qiymatda buladi 200$ bub qomaydiyu smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social