12 yoshli avstraliyalik ota-onasini aldab, Balida dam olish uchun uchib ketdi

12 yoshli avstraliyalik ota-onasini aldab, Balida dam olish uchun uchib ketdi

12 yoshli avstraliyalik doimiy yashash uchun emas, balki dam olish uchun ketdi, lekin yaqin joyga emas, balki Baliga yo’l oldi. Bu narsa bola onasi bilan janjaldan so’ng sodir bo’lgan, chunki ona bolani ta’tilga borishiga ruxsat bermagan edi. Rad javobi, bolaning orzusini ro’yobga chiqarmaslikga sabab bo’lmadi.

Bola sayohatga yaxshi tayyorlandi. U ota-onasining kredit kartasini o’g’irlab,  samolyotga onlayn tarzda chipta sotib oladi, Balidagi mehmonxonaga buyurtma beradi, kiyimlarini yig’ib va ota-onasiga maktabga ketganini aytadi.

Safar yaxshi o’tishi uchun, bola kattalarsiz sayohat qilishga ruxsat beradigan aviakompaniyalarni topadi.

Bolaning so’zlariga ko’ra, faqat Perteda samolyot almashtirganda, undan nima uchun yolg’iz sayohat qilayotganini va hujjatlarni ko’rsatishini so’rashadi. Pasport va maktab guvohnomasini tekshirib bo’lgach, bola jimgina sarguzashtini davom ettiradi.

6

Bola mehmonxonada yolg’iz emasligini va uning opasi kelishi haqida aytadi. Mehmonxona ma’muriyati esa bu ma’lumotga osonlik bilan ishonishadi.

Maktab ma’muriyati bolaning onasini chaqirib, bolani sinfda ko’rmaganligini aytadi.

Bolaning onasi (Emma) darrov Bali tomonga uchadi. Umuman olganda, bola Balida 4 kun davomida vaqt o’tkazadi.

Bu hiyla-nayrangdan keyin, u qanchalik jazo olgani muhim emas, chunki u o’zi hech narsadan pushaymon bo’lmaganini tan oldi.

7

Mazkur bolaning qilig’iga nima deysiz? 

Sizchi? Bolaligingizda qanday qiliqlar qilgansiz? 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social