14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni!

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni!

“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” mamlakatimizda bayram sifatida nishonlanadi. Har bir insonning Vatanga bo’lgan muhabbati, ona suti, ona allasi, ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi. Vatan tuprog’idagi oddiy xas ham, oddiy tosh ham muqaddas bo’lib tuyuladi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog’ini ko’zlariga to’tiyo etganlar, qayerga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olganlar. Har bir insonning Vatani uning uchun dunyodagi eng go`zal va muqaddas makoni hisoblanadi.

Vatanga muhabbat har bir insonning o`z ota-onasiga, el-u yurtiga muhabbati bilan bog’liq. Vatan yagona ekanligi, uni pok saqlash, boyliklarini asrab-avaylash, Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga qiziqish, milliy ma’naviyatdan bahramandlik, o’ziga ishonch, umumbashariyatga hurmat, kelajak oldida mas’ullik tuyg’ularini tarbiyalaydi.

Qadrli vatandoshlar va yurtimiz posbonlari! Vatanimiz, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilishda qo’shgan barcha xizmatlaringiz uchun o’z minnadorchiligimizni bildirib, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bilan barchangizni chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Boburbek

    Yahshi yozibdi

  2. Fazo.tv

    Rahmat Boburbek smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social