86 400 soniya ichida kitobni o`qish.. Aks holda…?? (+video)

86 400 soniya ichida kitobni o`qish.. Aks holda…?? (+video)

Siz o`z kitobingizni bir zumda o`qishlarini xohlaysizmi? Dunyoga mashhur yozuvchilaridan biri Djeyms Patterson o`zining yangi “Private Vegas” romaniga insonlarni jalb etish uchun bir qiziq yo`lni topdi. Internet nashrlarining ta`kidlashicha, muallif o`z-o`zini yo`q qiladigan kitobni yaratgan.

Patterson , “Private Vegas” kitobini o`qish uchun 24 soat ajratgan. Bu vaqt tugagach kitob o`chiriladi yoki portlab ketadi. Juda ham g`ayrioddiy, shunday emasmi?!

Birinchi mingta kitobxonlar bepul elektron versiyasini olishlari mumkin. Aytib o`tilganki, taymer kitobxon birinchi varaqni ochgandan keyin vaqtni sanashni boshlaydi. Soat ekranda ko`rsatiladi va 1 440 daqiqa o`tganidan so`ng kitob avtomatik tarzda o`chiriladi.

Bundan tashqari, Djeyms Patterson “Private Vegas” ning yagona yozma versiyasini tayyorlagan. Uni 294 038 dollar evaziga harid qilish mumkin. Nima uchun juda qimmat? Gap shundaki, vaqt tugagach ushbu kitob portlab ketadi. Ma`lumotlarga qaraganda, mazkur yagona kitob portlovchi mexanizm bilan jihozlangan. Biroq uning qanday ishlashi noaniq.

Kim tez o`qish qobiliyatiga ega bo`lmasa, ularni oddiy kitob versiyani chiqishini kutishlari mumkin ekan.

*Manba

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social