Adguard – Windows 7, 8,1 va 10 yuklab olishning eng oson yo’li!

Adguard – Windows 7, 8,1 va 10 yuklab olishning eng oson yo’li!

Endi siz Microsoft web-saytidan kerak bo’lgan Windows versiyasini yuklab olishingiz mumkin. Lekin amalda, bu fayllar saytda juda chuqur yashiringan, shuning uchun ularni topish juda qiyindir.

Adguard web-sayti bu muammo yechimini topdi. Uning yaratuvchilari Windows 7, 8.1 yoki 10 ni to’g’ridan-to’g’ri yuklab olish imkoniyatini beradi.

Siz shunchaki, sahifani ochib chiqib kelgan ro’yxatdan, operatsion tizimning turini, tilni, versiyani tanlang va so’ng “yuklab olish”ni bosing. Hech qanday ro’yxatdan o’tish va parollar kerak bo’lmaydi.

Bundan tashqari, siz nafaqat Windows ni, balki yana Microsoft Office ni yuklab olishingiz mumkin.

E’tibor bering operatsion tizim Microsoft saytidan yuklanib olinadi, Adguard sayti esa oddiygina oson yo’l yaratadi. Shuning uchun bu usul bilan foydalanish qonuniy va xavfsizdir.

Manba: Lifehacker

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Salim

    Litsenziyasi qanday bularkin?

  2. Fazo.tv

    Litsenziyani sotib olishga to’g’ri keladi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social