Apple 9-sentyabr kuni taqdimot o`tkazadi

Apple 9-sentyabr kuni taqdimot o`tkazadi

Apple press-xizmati, ommaviy axborot agentliklariga 9 sentyabr kuni bo`lib o`tadigan taqdimotga taklifnomalarni yo`lladi. Biroq kompaniya hech qanday batafsil ma`lumot bermagan, faqatgina sanasini ko`rsatib, qisqagina yozuvni qoldirgan: «Afsus, ko`proq aytib berolmaymiz».

Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, 9 sentyabr kuni Apple 4,7 va 5,5 dyuym ekranli iPhone larni taqdim etadi. Bundan tashqari Re/code axborot agentligining ta`kidlashicha, yangi smartfonlar bilan birga norasmiy nomi bilan mashxur bo`lgan iWatch aqlli-soatlari ham taqdim etilishi mumkin.

Apple taqdimoti “Flint Centre for Performing Arts” kontsert zalida bo`lib o`tadi, bu Kupertino shahrida joylashgan bulib, u erda Apple shtab-kvartirasi ham joylashgan. Ushbu sana sentyabr oyining ikkinchi haftasiga to`g`ri keladi va shuni aytib o`tish kerakki bu o`tgan yilda iPhone 5s va iPhone 5c taqdimot sanasi bilan to`g`ri keldi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. MaftuNa

    Nega ma’lumotlar berilmagan???????

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social