Apple ayollar uchun 4 dyuymli iPhone chiqaradi

Apple ayollar uchun 4 dyuymli iPhone chiqaradi

Internet nashrlarining ma`lumotlariga qaraganda Apple kompaniyasi 2015-yilning ikkinchi yarmida 4 dyuymli smarfonlarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangi model` kompaniya uchun odatiy bo`lib qolgan yangi smartfonlarni chiqadigan vaqti ya`ni kuzda chiqishi kutilmoqda.

Yangiliklarga ko`ra, kompaniya iPhone 5c smartfonini 2015-yilda chiqarishni to`xtatmoqchi, shuning uchun ham yangi 4 dyuymli iPhone o`rta narhda bo`lishi kutilmoqda.

Apple shunday qarorga iPhone ning eski modellarini bir ko`l bilan ishlatish qulayliklaridan kelib chiqgan holda qabul qilgan. Yangi iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlarning foydalanuvchilari yangi landshaft rejimni, hamda ekranni pastga “surish” va uni kattaroq qilish funktsiyalarga ega bo`lganiga qaramay, baribir ishlatishda noqulayliklarni his etdilar.

Ma`lumotlarga ko`ra, 4-dyuymli iPhone modeli asosan ayollarga mo`ljallangan bo`ladi. Smartfon sumkachaga yoki shunchaki ayollarning kichkina qo`llarida turishi qulay bo`lishi mumkin ekan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social