Aqlli shlem Skully AR-1 (+video)

Aqlli shlem Skully AR-1 (+video)

Mototsiklistlar uchun aqlli shlem Skully AR-1 ga oldindan buyurtma berish uchun ochiq bo`ldi. Aqlli shlem pastdagi qismda maxsus displeyga ega, u orqa tarafni ko`rish imkoniyatini beradi va GPS navigatsiyaga ega. Tasodifmi, yoki yo`q, Skully AR-1 ning narxi aqlli ko`zoynak Google Glass bilan teng.

Shlem smartfon bilan ishlashi mumkin, ovozli boshqarish orqali ko`ng`iroqlarni qabul qila oladi, internetga ulanadi, musika qo`yishi mumkin va hoqazo. Skully AR-1 ning avtonom ishlash vaqti 9 soatga yaqin. Zaryad olish esa microUSB port orqali bajariladi.

Aqlli shlem 2015-yilda chiqishi mo`ljallangan. Dunyo bozorida aqlli shlem Skully AR-1 ning narhi $1599 dollar bo`lishi kutilmoqda.

Ushbu shlem polikarbonatdan qilingan. Uning himoyaviy oyna quyoshli ob-havoda, tumanda ko`rinish qobiliyatiga ega, hamda tirnalishga qarshi.

Aqlli mototsiklet shlemning Skully AR-1 yaratuvchilari Indiegogo da ikki kun ichida 870 ming dollar yig`ishdilar.

Video:

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    manga kere ekan

  2. Nodir

    Vouu zo’r narsa ekanuu, narxi chatoq ekande)))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social