AutoMath Photo Calculator matematika misollarini echadi (+video)

AutoMath Photo Calculator matematika misollarini echadi (+video)

“AutoMath Photo Calculator” ilovasi smartfonnig kamerasi orqali misolni o`rganib va darhol natijalarni ko`rsatishi mumkin. Shuningdek, mazkur ilova 250 dan ortiq matematik funksiyalarni bilgan holda, internetsiz ishlaydi.

Ushbu ilova orqali qo`shish, ayirish, ko`paytirish, kasr, tengsizliklar, darajalar, ildizlar, tenglamalar va trigonometrik ifodalar kabi amallarni bajarish mumkin. Mazkur ilovaning yana bir ijobiy tarafi shundaki, u misollarning echilish ketma-ketligini ham ko`rsatib berishi mumkin.

Kelajakda esa, tenglamalar tizimini echish, grafiklarni tuzish va hatto qo`lda yozilgan misollarni aniqlash kabi amallar kiritilishi rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda ushbu ilova ba`zida misollarni xato echishi ham mumkin, lekin u bilan foydalansa bo`ladi.

Umuman olganda ushbu ilova matematika, algebra, trigonometriya va ular bilan bog`liq bo`lgan darslarni o`rganishni xohlovchilarga katta yordam berishi mumkin.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ozodbek

    qoil

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social