Avgust oyining ajoyib yulduzli yomg`irini kuzating

Avgust oyining ajoyib yulduzli yomg`irini kuzating

Perseid meteor oqimi avgust oyining eng ajoyib va o`z navbatida juda chiroyli hodisasi bo`lishi kutilmoqda. Bu hodisa 12-13 avgustga o`tar kechasi sodir bo`ladi – osmonda soatiga 100-110 ta meteor paydo bo`ladi.

Meteorlar sayyoralararo uncha katta bo`lmagan moddalar bo`lib, ularning hajmi qum zarrasidan no`xat donasigacha bo`ladi. Ular soniyasiga 20 kilometr tezlikda er atmosfearsiga kiradi va shu zahoti yonib ketadi, undan keyin osmonda yorqin iz paydo bo`ladi. Ba`zi yorqin meteorlarning yonib turishi bir necha soniyagacha davom etadi.

Perseidlar — eng kuchli va mashhur meteor oqimlaridan biri bo`lib, u Er Svift-Tuttl kometasi changli iziga kirganda paydo bo`ladi.

Ushbu oqimdagi meteorlarni 17 iyuldan 24 avgustgacha kuzatish mumkin. Prognozlarga qaraganda, yulduzlar yomg`iri o`zining eng yuqori faolligiga 12 avgustning Grinvich soati bo`yicha 18.15 dan 20.45 gacha (Toshkent vaqti bilan esa 23.15 — 01.45 gacha davom etadi). Bu vaqtda meteorlar soni 100 ta yog`ayotgan yulduzlardan iborat bo`lishi kutilmoqda.

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. madina

    uzbekistonda baribir kurinmidi shu ajoyib yomgir,afsus, faqat Youtubedan kuramiz endi )))

  2. Jahon

    Madina manimcha shaxarda emas balki uylar kam ochiq joyda ko’rinadi.

  3. g'anisher

    balkim shundaydir, lek man anchadan beri kutvomman

  4. g'anisher

    balkim shundaydir, lek man anchadan beri kutvomman

  5. Doni

    Soat 00.30 hech nima ko’rinmayaptiku

  6. Шах

    Хеч нарса куринмадику

  7. Foziii

    eyyy qoyil, man kuzatdim, bu yulduzlarni, ula juda kichkina va harakatlanayapti, prosta bunga etibor berib qarash kerak ekan

  8. Исмингиз

    Ман курдим

  9. joker

    da man ham ko’rdim

  10. Исмингиз

    shaxardan uncha ko’rinmadi-ku

  11. Исмингиз

    asd

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social