BAA da Barselona futbolkasi uchun 15 yil qamoqqa tushish mumkin

BAA da Barselona futbolkasi uchun 15 yil qamoqqa tushish mumkin

Birlashgan Arab Amirliklarida Kataloniya klubi “Barselona” futbolkasini kiyganingiz uchun 15 yil qamoqqa tushishingiz mumkin.

Kataloniyaliklarning futbolkalarida Qatar aviakompaniyaning “Qatar Airways” nomi joylashtirilgan. Avvalroq, Saudiya Arabiston, Bahrayn, BAA va boshqa mamlakatlar terrorchilarni qo’llab-quvvatlaganlikda ayblab Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi va mamlakatga qarshi sanktsiyalar joriy qildi.

Boshqa jazo choralar orasida Qatarga parvozlar to’xtatildi, jazo choralari ostiga Qatar Airways aviakorxonasi ham tushdi. Endi uning belgisi (Qatar Airways) reklama va sanktsiyalar talablarini buzilishi deb qaraladi. Saudiya Arabistonda bu belgi uchun 15 yil ozodlikdan mahrum bo’lib yoki 135 ming dollar jarima to’lash kerak bo’ladi.

Ammo “Barselona”ning Qatar Airways bilan homiylik shartnomasi 30-iyun kuni tugaydi, deb qayd etildi. Keyingi 4 yil davomidagi yangi homiy Yapon elektron tijorat kompaniyasi “Rakuten” bo’ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social