Bayramingiz muborak yurtimiz posbonlari!

Bayramingiz muborak yurtimiz posbonlari!

“14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni” mamlakatimizda bayram sifatida nishonlanadi. Har bir insonning Vatanga bo`lgan muhabbati ona suti, ona allasi, ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi. Vatan tuprog`idagi oddiy xas ham, oddiy tosh ham muqaddas bo`lib tuyuladi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog`ini ko`zlariga to`tiyo etganlar, qaerga borsa ham Vatan yudi bilan nafas olganlar. Har bir insonning Vatani uning uchun dunyodagi eng go`zal va muqaddas makon hisoblanadi.

Vatanga muhabbat har bir insonning o`z ota-onasiga, el-u yurtiga muhabbati bilan bog`liq. Vatan yagona ekanligi, uni pok saqlash, boyliklarini asrab-avaylash, Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga qiziqish, milliy ma`naviyatdan bahramandlik, o`ziga ishonch, umumbashariyatga hurmat, kelajak oldida mas`ullik tuyg`ularini tarbiyalaydi.

Qadrli vatandoshlar va yurtimiz posbonlari Vatanimiz, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilishda qo`shgan barcha xizmatlaringiz uchun o`z minniddorchilishimizni bildirib, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bilan barchangiz chin qalbimizda tabriklaymiz.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. madina

    Barchangizni vatan himyochilar kuni bilan tabriklayman!!

  2. Xurshid

    bayram bayram

  3. Xurshid

    o’zizziyam

  4. Bonu

    Yigitlar barchangizga bayram muborak bo’lsin. Sizlar bizning fahrimissizlar!

  5. Umid

    xa man xattoki unutibman bugun bayram ekanligiga ))) rahmat fazo kech bilgan bulsam xam eslatdiz!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social