Besh yoshli britaniyalik bola Microsoft mutaxassisi bo`ldi

Besh yoshli britaniyalik bola Microsoft mutaxassisi bo`ldi

Express nashrining ta`kidlashicha, Microsoft ning eng yosh IT-mutaxassisi Pokistondan chiqgan besh yoshli britaniyalik Ayan Kureshi (Ayan Qureshi) bo`lgan.

style=”text-align: justify;”>Ushbu bola Pokistonning Laxor shahrida tug`ilgan va 2009-yilda esa uning oilasi Londonga ko`chib ketgan. Yosh dasturchini, uning yoshiga qaramasdan Birmingem shahar universitetida bo`lib o`tgan Supporting Windows 8.1 imtihoniga kiritishdi. Besh yoshli mutaxassis imtihon topshirib, sertifikatni qo`lga kiritgan. Ushbu imtihon informatsion texnologiyasida mutaxasis bo`lishni xohlaganlar uchun mo`ljallangan edi.

Shu bilan, oldin Ayana testga kirmasligi mumkin edi, lekin hozir hamma uning qobiliyatini ko`rdilar. Bolaning qobiliyatini ko`rib otasi unga uyda komp`yuter laboratoriyasini tashkil qilib bergan.

Oldingi rekord ham Pokistonlik bolaga tegishli bo`lgan. Mexrozu Yavaru Microsoft Certified Professional sertifikatini olti yoshida qo`lga kiritgan edi.

Komp`yuter texnikaga bo`lgan qiziqish Ayanda uch yoshida paydo bo`lgan. O`sha vaqtda otasi unga dasturlash va komp`yuter jixozlari haqida aytib bergandi. Ayan hamma bollalar kabi komp`yuter o`yinlarini juda yaxshi ko`radi. Biroq bola haligacha ham kelajakda qanday kasb egasi bo`lishini aniqlamagan, ammo shubhasis, u komp`yuterlar bilan bog`liq bo`ladi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Laziz

    Bolaga gap yo’q

  2. Karol

    Qoyil lekin

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social