Biznes rejaning an`anaviy ko`rinishi

Biznes rejaning an`anaviy ko`rinishi

Hozirgi kunda, mamlakatimizda tadbirkorchilik kilish imkoniyatlari kupaygan. Bu degani, endi bemalol o`z biznesimizni boshlashimiz mumkin deganidir. Tadbirkorlar esa muxim bo`lgan biznes rejani tuzishni bilishlari shart. Keling, birgalikda hozirgi kundagi an`anaviy biznes reja qanday ko`rinishda tuzilishi kerakligi ko`rib chiqsak:

I.  Titul varaq. Bunda loyihaning tasavvur eta olishga asos bo`ladigan ma`lumot beriladi hamda u quyidagi qismlarni o`zida aks ettiradi: Firmaning to`liq nomi; Mulkdorlar haqida ma`lumot; Taklif etilayotgan loyihaning qisqacha xarakteristikasi; Loyiha bahosi;

II.  Kirish qismi yoki rezyume. Bu bo`limning maqsadi investorni jalb qila oladigan taklifni berish hisoblanadi.

III.  Ish holatining tahlili. Bu bo`lim quyidagilarni tahlil etadi: kelasi davrdagi sotuv dinamikasi va uning oshib borish prognozi; narx shakllanishining tendentsiyasi, ya`ni baho darajasi va uning dinamikaasi; raqobatchilarning har tomonlama xarakteristikalari; xaridorlar xarakteristikasi; istiqbolli bozor imkoniyatlarini aniqlash.

IV.  Loyihaning mohiyati. Bu bo`limda loyihaning asosiy g`oyasi ko`rsatilib, quyidagilarga kengroq to`xtalib o`tiladi: Tadbirkorlar o`z oldiga quygan asosiy maqsadlar, ya`ni yangi ishni tashkil qilish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi bozorlarga chiqish, bozordagi ulushlarni kengaytirish; Salohiyatli talabni o`rganish; Ishlab chiqarish manbaining to`liq tavsiloti; Ishlab chiqarish jarayoni, litsenziya va tovar himoyasi; Firmaning xarakteristikasi; Loyihaning umumiy bahosi.

V.  Marketing rejasi. Marketing rejasi tovarni bozorga qay tartibda olib kirishdan iborat bo`lib, unda baho siyosati, bozor segmentlari kabilar chuqur tahlil etiladi.

VI.  Ishlab chiqarish rejasi. Ushbu bo`lim ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan barcha masalalarni chuqur izoh etadi hamda quyidagi holatlarga keng e`tibor qaratadi: Ishlab chiqarish quvvati; Barcha texnologik jarayon; Marketing tadqiqotlariga asoslangan holda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish hajmini belgilash; Jihozlar holatini yaxshilash; Ishlab chiqarishni xom-ashyo va materiallar bilan ta`minlash; Ish haqi to`lovlarini hisoblash; Ishlab chiqarish xarajatlari hamda mahsulot tannarxini hisoblash; Ishlab chiqarish maydonlarining ta`minlanganligini tekshirib chiqish.

VII.  Tashkiliy reja. Ushbu bo`lim investorga firma haqida to`liqroq ma`lumot beradi. Bo`limga quyidagi ma`lumotlar kiritilishi lozim: Firmaning haq-huquqlari; Aktsiyadorlar haqida ma`lumot, asosiy fond miqdori, oddiy va imtiyozli aktsiyalar miqdori; Boshqaruv organi, ishchi-xodimlar, ularning lavozimlari va majburiyatlari, ish haqi va rag`batlar haqida ma`lumot; Firmaning tashkiliy tuzilmasi, bo`lim va boshqarmalarning vazifalari hamda ularning faoliyati ustidan o`rnatilgan nazorat.

VIII.  Risklarni baholash. Ushbu bo`lim bozor sharoitida katta ahamiyat kasb etib, risklarni kamaytirishda investor, kreditor hamda hamkorlarning ishonchli munosabatlari asosiy o`rin tutadi. Bo`lim oldinga qo`yilgan maqsadlarga erishishda amalga oshirilgan risk tahlilidan iborat bo`ladi.

IX.  Moliyaviy reja va strategiya. Moliyaviy rejaning maqsadi faoliyat samaradorligini aniqlashdan iborat. Umumiy ko`rinishda bo`lim o`zida quyidagilarni mujassamlashtiradi: Foyda va zararlar to`g`risida hisobot; Pul tushumlari balansi; Aktiv va passivlarning balans prognozi; Zarar keltirmaslik tahlili; Moliyalashtirish strategiyasi.

Biznes reja tuzish uchun keltirilgan yuqoridagi misol, kelajakda biznes va tadbirkorlik yo`lini tanlagan yoshlarimiz uchun biznes rejalarini tuzishda yordam beradi degan umiddamiz.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Одил

    катта рахмат, шахсан манга бу жуда катта ёрдам булди

  2. Номаълум

    bu narsa biznesmen yoki tadbirkordan o’z sohasining ustasi farang bo’lishini talab etarkan, mayda chudalarigacha ikr chikirigacha hamma narsani bilish kerak bo’larkan

  3. Номаълум

    Xa bunday biznes reja yozishga katta mahorat va bilim kerak bo’ladi.

  4. jalol

    VIII bo’limdagi risklarni baholash bu erda risk deganda nima tushuniladi?

  5. jalol

    VIII bo’limdagi risklarni baholash bu erda risk deganda nima tushuniladi?

  6. Kumush

    Barchasi juda ajoib korsatilgan ammo buni sodoroq tushintirib otidhingiz kerak nazarimda

  7. Anvar

    Salom Kumush, gapingizga qo’shilishim mumkin. Lekin, bundan ham soddaroq bo’larmikan?

  8. Umid

    Bitta shablon ham kerak edi nazarimda

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social