BMW i3 elektromobil

BMW i3 elektromobil

16 oktyabrdan boshlab BMW i3 elektromobili sotuv chiqariladi. Nemis kompaniyasining moliyaviy direktori Fridrix Ayxinerning so`zlariga ko`ra Germaniyada 34950 evro turadigan modelga hozirning o`zida 8000 ta buyurtma olingan. Bu hatto modelni ishlab chiqarishni ko`paytirishga to`g`ri keladi deganidir.

Xabarga ko`ra, AQSh, Xitoy va Yaponiyada BMW i3 elektromobili keyingi yilning o`rtalarida sotuvga chiqadi. Avtoiste`molchilar orasida elektromobillarga bo`lgan munosabat haligacha uncha ijobiy bo`lmasada, BMW kompaniyasi bu holning tez orada o`zgarishiga umid qilmoqda.

Elektrodivigatel` bilan birga odatdagi ichki yoquv dvigateliga ham ega bo`lgan BMW i3 mashinasining taqdimoti shu yilning 29 iyulida bir vaqtning o`zida N`yu-york, London va Pekin shaharlarida bo`lib o`tgan edi. Xetchbek rusumidagi ushbu avtomobilning og`irligi 1315 kg. Mashinaning uzunligi 3999 mm, eni 1775 mm, balandligi esa 1578 mmga teng. Mashina klirensi (kuzov bilan er orasidagi masofa) 140 mm.

BMW i3ga 170 ot kuchi (250 N•m.) beruvchi elektromotor o`rnatilgan. Avtomobil soatiga 100 km tezlikka 7,2 sekundda chiqadi. Elektromobilning eng yuqori tezligi soatiga 150 km darajada cheklangan. To`liq quvvt olgan akkumulyator bilan avtomobil` 160 km yurish imkoniyatiga ega. ECO PRO+ rejimida esa u 200 kmgacha yo`l bosadi.

Eslatib o`tamiz, statistik ma`lumotlarga ko`ra shaharda yashovchi avtomobil` egasi kuniga o`rtacha 64 km. yo`l bosadi. Elektromobil` oddiy elektr rozetkasidan ham quvvat olishi mumkin.

manba: mezon.uz

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    Voy daxshatu!!! Benzinga o’chirt turish ham kerak emas.

  2. jahon

    uzbekistonda shunaqa moshina bulganda, uzbelar menimcha unga metan urnatib toshkent-samarqand qatnab yuradilar )))

  3. Исмингиз

    afsus elektro quvvat uzoq vaqtga etmaydi, lekin manimcha kechajakda bu rivojlanadi, va butun kunda etadigan buladi

  4. Жамол

    Ассалому алайкум, кейинги сафар бизнинг мақолани кўчирганда манбасини кўрсатсангиз, илтимос.

    Бу мақола Mezon.uz порталида чиққан: http://www.mezon.uz/uz/dunjo-yangiliklari/biznes/12800-yangi-bmw-i3-elektromobiliga-talab-kutilganidan-zijoda-b-ldi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social