Bolalar beg`ubor – ularni asraylik!

Bolalar beg`ubor – ularni asraylik!

Dunyodagi barcha insoniyat ichida bola kabi fikrlab va bola kabi beg`ubor inson bo`lmasa kerak. Oilamizdagi eng samimiy insonlarni bolalar desak adashmagan bo`lamiz. Siz bola kabi o`ylab, bola kabi fikrlab ko`rganmisiz?

Bolani  yig`latib uni onson xafa qilish mumkin. Ammo, u bir necha daqiqadan so`ng barchasini unitib, hech narsa bo`lmagandek yana o`ynab kulib yuraveradi. Ular alam va qayg`uni hech qachon yodda saqlamay, tezda unutadilar. Har bir ishni o`yin kulgi bilan bajaradi. Hayotda tassavvurlar va taasurotlar bilan yashaydi. Bolajonlarning samimiy kulgusi va quvonchi umidsiz qalblarga umid, maqsadsiz insonarga esa oldinga intilish uchun insonlarda kuchli xohishni uyg`otadi. Bolaning kulgusi butun jaxonga quvonch taratadi.

Bolalarning “nima uchun?”, degan savoli bazida bizni charchatadi. Ammo bolaning har qanday savoli uning dunyoga qarashi naqadar go`zalligidan dalolat beradi. U bugungi kun bilan yashaydi. Ertaning tashvishi va muammolari haqida o`ylamaydi. Uning dili juda ham pokdir. Xuddi buloqdan yoqimli suv chiqqanidek, bolaning ham tilidan faqat shirin so`z chiqadi. U yolg`on so`zlash va boshqalarni haqoratlab, kamsitish nima ekanligini bilmaydi.

Bola insonlarning boyligiga va kambag`aligiga qarab munosabat qilmaydi. U insonlarni qanday bo`lsa shundayligicha qabul qiladi. Uning qalbi qordek oppoq va buloq suvidek tiniq bo`lib, unga nima aytsangiz u sizning so`zingizga ishonadi. Ularning qalbida biron bir insonga nisbatan adovat va nafrat bo`lmaydi.

Kimda kim, yuqorida aytib o`tganimizdek, bola kabi fikrlab, bola kabi o`ylasa, bunday insonlarni dono insonlarga qiyoslash mumkin. Bolaning har bir harakati beg`ubordir. Boshqa tarafdan ularning o`zini bunday tutishlari etuklikdan dalolat emasmi?

Biz kattalar o`zimizning yomon ehtiros va odatlarimizni bolajonlarga o`rnak qilib ko`rsatish to`g`rimikin? Biz bolalardan o`rnak olaylik, ularning samimiy va beg`ubor hayotini barbot qilmaylik. Shunday ekan butun dunyodagi barcha bolalarni asrab avaylash biz kattalarning burchidir. Bolalar beg`ubordir-ularni asraylik!

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. rustam

    har bir xonadonda chaqaloq ovozi yangrasin!

  2. a

    болалалик энг зур давр – хеч нарсани уйламийсан, факат хурсандчилик!

  3. azim

    bolaligim beboshligimmm

  4. Жахонгир

    “Боланинг кулгуси бутун жахонга қувонч таратади” – мана шу иборага жуда хам тугри, ишдан чарчаб кеганингда олдинга фарзандинг “дадажон” деб югириб чикканида бутун гам ташвишлар эсдан чикади, айникса ман шундай хурсанд буламанки, Яратганга мингдан минг шукур!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social