Buyuk Britaniyada eski mobil telefonini topishdi

Buyuk Britaniyada eski mobil telefonini topishdi

Britaniya axborot vositalari 17 yillik Nokia 3310 egasini topishdi, ushbu telefon bugungi kungacha ishlab kelmoqda. Qurilma “Buyuk Britaniyadagi eng qadimgi ishlayotgan uyali telefoni” deb nomlangan.

Dave Mitchellning aytishicha, moslamani 2000 yilda sotib olgan va  shundan buyon telefon hech qachon uyaltirmagan. Telefon ko’p marotaba yerga tushgan, urilgan, yuvilgan va hatto sousga ham botirilgan. Mitchell smartfon kerak emasligini aytadi, chunki internetga kompyuter orqali kirishni afzal ko’radi, rasmlar uchun esa unda maxsus kamera bor.

“Ikki yil oldin, o’g’lim menga Internetga kirish uchun yangi telefon berdi, lekin menga u kerak emas edi. Menga ko’p narsa kerak emas, menga kalkulyator va “Ilonlar” o’yini bo’lsa bas” – deb aytib berdi Mitchell.

Nokia 3310 2000-yilning to’rtinchi choragida chiqarilgan bo’lib,  jami 126 milliondan ortiq qurilmalar sotilgan.

Manba: Rambler.ru
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social