Daniyada daraxtlar uzra spiral yo’l paydo bo’ladi

Daniyada daraxtlar uzra spiral yo’l paydo bo’ladi

EFFEKT me’moriy va dizayn studiyasi spiral minorasiga olib boradigan 600 metr uzunlikdagi yo’lni ishlab chiqdi va unga ko’tarilish uchun oyoqlarini qiynashga to’g’ri keladi. Bu minoradan Danisiyaning Haslev shahri yaqinidagi Glissefeld Klosterning zich o’rmonining 360 daraja ko’rinishi ochiladi. Minora va yo’l “Treetop Experience” deb ataladi va ular “Camp Adventure” ning bir qismi bo’ladi.

015

Mazkur 45 m balandlikdagi kuzatuv minorasining qurilishi o’rmonga zarar yetkazmadi. Minora temir panjaralardan quriladi, ammo minora mutlaqo yengil va qulay bo’ladi. Qanday bo’lmasin, hech narsa odamlarning balandlikdan tabiiy obidalarni tomosha qilishiga to’sqinlik qilmaydi.

020

Minora kontseptsiyasi, ayniqsa, siz ichkariga kirganingizda juda ajoyib. O’rmonning haqiqiy sehrini 360° da ko’rish mumkin.

013

Daraxtlar ichidagi butun spiral minora o’rmonda ulkan tornadoga o’xshaydi. Minora tagi va yuqori qismida barqarorlik va shu bois mehmonlar xavfsizligi uchun kengaytirilgan.

018

Yer darajasida, mehmonlar yuqoriga qarashlari kerak, so’ngra asta-sekin nurga qarab harakat qilishlari kerak. Daraxtlar ustidagi kuzatuv platformasida bo’lmaguningizcha, siz 13-bosqichli spiral yo’l bo’ylab harakat qilishingiz kerak bo’ladi. U yer juda tinch va chiroylidir.

017

Glisselfeld Kloster Skove hududida tepalik landshaftdir. Bu yerda ko’plab oqimlar, pastliklar va ko’llar mavjud. Shuning uchun chiqish ikki qismga bo’linadi. Pastki yo’lida yurib, yosh daraxtlar va ko’chatlarni ko’rishingiz mumkin va yuqori yo’lda allaqachon eski va ulug’vor o’rmon bilan o’ralgan bo’lasiz.

016

Minora yo’llari mutlaqo xavfsiz va hamma uchun ochiqdir. Hatto, nogironlar aravachasida ham chiqishlari mumkin. Bundan tashqari, minorada yetarli joy bor, shuning uchun klostrofobik qo’rquvlar ham sezilmaydi.

019

“Treetop Experience” yo’li va minorasi, Camp Adventure parkiga qo’shimcha bo’ladi. Park 25 m balandlikdagi kanat yo’llari bilan jihozlangan. Butun kompleks 2018-yilning yozida ochiladi.

  014

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social